Lider Ayollar Klubi

Oʻzbek ayollarining birligi, shijoati va ta'siri

Rasmiy logotip tasdiqlandi

"Oʻzbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati" tomonidan tashkil etilgan «Lider ayollar klubi»ning rasmiy logotipi klub a'zolari tomonidan bir ovozda tasdiqlandi.

2022 yil

Klubimizning asosiy maqsadi: ilmli, salohiyatli ayol-qizlarimizni bir joyga jamlab, ular orqali "oʻzga yurtda oʻz haq-huquqi poymol boʻlgan" vatandosh ayol-qizlarimizga yordam berish.

Ushbu klubni ochishdan yana bir maqsadimiz shuki, biz barcha o'zbek ayollarini birlashtirgan holda butun dunyoga o'zimizning o'zbek ayollari ham o'zining shijoatliligi, samimiyligi, beqiyos darajada odobi bilan dunyoning yetakchi ayollariga tenglasha olishini ko'rsata olishdir

2023 yil

Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi (ShKTR) "TURKIY DAVLATLAR LIDER AYOLLARINING UCHRASHUVI -

2023"ning ilk kunida Turkiy Davlatlar Ayollar Birligi tashkiloti va ÖKHD - "O'zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati"ning faxriy a'zolari hamda İstanbuldagi faollari bilan birgalikda Kipr ayollarning huquqlarini qo'lga kiritishlarida katta rol o'ynagan Rauf

Denktoshning maqbarasini ziyorat qildilar. Shundan so'ng delegatlar ShKTR TMT, "Şehit Aileleri ve Malül Gaziler" jamiyatini ziyorat qildilar. Suhbat chog'ida ShKTR ayollarining fidoyiliklari haqida so'z yuritilar ekan, o'zbek ayollarining jasorati va fidokorliklari haqida ham ma'lumot berildi.

2023 yil — KKTR

Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi (ShKTR) "TURKIY DAVLATLAR LIDER AYOLLARINING UCHRASHUVI -

2023" ilk kunining ikkinchi yarmida delegatlar, Yakın Doğu universitetiga ShKTR presidenti Ersin Tatarning rasmiy da'vatiga asosan, uning shaxsiy surat ko'rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog'ida prezident janoblari Ersin Tatar va birinchi xonim Sibel Tatar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi (ShKTR) "TURKIY DAVLATLAR LIDER AYOLLARINING UCHRASHUVI"ning ikkinchi kunida delegatlar ShKTR Oliy Majlisiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Kipr Oliy Majlisi vakillari bilan ayollar va ularning haq-huquqlari, ularga yaratilayotgan shart- sharoitlar va imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bo'lib o'tayotgan uchrashuvning ikkinchi kunida Turkiy davlatlardan tashrif buyurgan lider ayollarni taqdirlash marosimi so'nggida o'zbek milliy liboslari va qo'l mehnati namunalari ko'rgazmasi tashkil etildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi (ShKTR) "TURKIY DAVLATLAR LIDER AYOLLARI UCHRASHUVI"ning uchinchi kunida delegatlar ShKTR prezident saroyiga tashrif buyurishdi.

2024 yil — "Yil Ayoli" va "Diydor Shirin"

"Oʻzbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati" tomonidan xorijda ilk marotaba Istanbul shahrida, Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda "YIL AYOLI – 2024" va "DIYDOR SHIRIN" tadbiri oʻtkazildi. Taqdirlash marosimining asosiy maqsadi — Turkiyaga turli sabablarga koʻra kelgan vatandosh xotin-qizlarimiz orasida oila hayoti va farzand tarbiyasida namunali boʻlgan, jamiyatimizning faol Lider Ayollar Klubi a'zolari hamda Istanbuldagi Jamiyat faoliyati va rivojiga fidoyilik bilan hissa qoʻshgan, oilada va jamiyatda muvaffaqiyatga erishgan, xotin-qizlarga oʻrnak boʻla oladigan fidoyi ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish va munosib taqdirlashdir.

Nominatsiyalar: "Ilm-fan boʻyicha eng faol yil ayoli", "Yilning eng yaxshi ayol tadbirkori", "Yilning eng yaxshi ayol yuristi", "Eng faol konsulxona xodimi", "Yilning eng muvaffaqiyatli ayol shifokori", "Jamiyatning eng faol faxriy a'zosi", "Yilning eng yaxshi ayol media mutaxassisi", "Yilning eng muvaffaqiyatli huquqshunosi", "Yilning eng yaxshi migratsiya maslahatchisi", "Eng muvaffaqiyatli diaspora vakili", "Yilning eng yaxshi ayol ijodkori/san'atkori", "Yilning eng faol jamiyat a'zosi", "Yilning eng muvaffaqiyatli ayol psixologi", "Yilning eng yaxshi ayol sportchisi" va boshqalar.

Ushbu tadbir yil davomida Istanbuldagi Jamiyat faoliyatiga hissa qoʻshish istagidagi vatandosh ayollarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlib, oʻzbek ayollarining ilm-ma'rifati, ma'naviyati va salohiyati hamda xorijdagi oʻrnini namoyon etish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.