JAMIYATIMIZ RAHBARIGA BERILGAN E'TIROF VA MUKOFOTLAR
Respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi Namangan viloyati bo'limi tomonidan jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomova'ga maxsus tashakkurnoma!
Turk Dunyosidan Jamiyatimiz rahbariga berilgan bu yuksak mukofot butun o'zbek ayollari uchun g'urur va iftixordir! Ushbu yuksak unvonga Mustafo Kamol Otaturkning onasi Zubayda xonim hamda Ozarbayjon respublikasi birinchi xonimi Mehriban Aliyeva sazovor bo'lgan.

"MEHRİBAN ANA" OLTIN MEDALI
Jamiyatimiz rahbari Ozoda İslomova Boku shahrida "Dada Qorqud Milliy Fondi" Prezidenti, "Ozarbayjon dunyosi" xalqaro jurnali asoschisi va bosh muharriri Eldar İsmoyilov tomonidan ta'sis etilgan, Turk Dunyosi ayollarining huquqlarini himoya qilishdagi beminnat, fidokorona xizmatlari uchun Turk Dunyosining yuksak unvoni "MEHRİBAN ANA" oltin medali bilan taqdirlandi.

"TURK DUNYOSINING UMAY ONASI" MUKOFOTI
Turkiya Respublikasining 100 yilligi munosabati bilan Üsküdardagi "Altunizade madaniyat va san'at markazi"da "TURK DUNYOSI UMAY ANALARINI TAQDIRLASH" marosimi bo'lib o'tdi.
Jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomovaga Turk dunyosida amalga oshirgan faoliyati, qilgan mehnat va xizmatlari va erishgan yutuqlari evaziga "Umay Ana Türk Dünyası" ayollar jamiyati tomonidan "Turk Dunyosining Umay onasi" mukofoti topshirildi.
Jamiyatimiz rahbari, fidoyi va tashabbuskor Ozoda Islomova xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish yo'lida ko'p yillik samarali mehnati uchun nufuzli "Oltin Inson" mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofot nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun jamiyatimiz faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.
