Jamiyatimiz tomonidan o’tkazilgan ilmiy simpozium

Darneğimiz tarafından düzenlenen bilimsel sempozyum

O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan İstanbul tijorat universiteti anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, Turkiya Respublikasi oilaviy va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, Istanbul tijorat universiteti, KADEM (Ayollar va demokratiya jamiyati), O’zbekistonning İstanbuldagi Bosh konsulxonasi hamkorligida “Turkiya va Oʻzbekistonda oilani mustahkamlashga asoslangan davlat siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman yuksak saviyada bo’lib o’tdi.

Ushbu anjumanda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va ijtimoiy hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi faolligi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi beqiyos o’rni yuzasidan fikr almashildi.